/
/
Maryam Tillayeva rossiyalik ijodkorlar tomonidan suratga olinadigan serialda rol ijro etadi
11.07.2024

Maryam Tillayeva rossiyalik ijodkorlar tomonidan suratga olinadigan serialda rol ijro etadi

Maryam Tillayeva “Koʻp qirralilar” deb nomlangan serialda bosh qahramonni gavdalantiradi. Kartinada oddiy oiladan boʻlgan qizning boy oilalar farzandlari tahsil oladigan maktabdagi sarzugashtlari hikoya qilinadi.

Maryam Tillayeva yangi ruscha serialda rol ijro etadi

Oʻzbekistonlik instabloger Maryam Tillayeva Rossiyada suratga olinadigan “Koʻp qirralilar” deb nomlangan serialda rol ijro etadi.

Loyiha yozuvchi Natalya Sposobinaning shu nomdagi romaniga asoslangan. Ushbu asar rus yoshlari orasida mashhurlikka erishgan.

Maryam bunday katta loyihada ishtirok etishidan nihoyatda xursand ekanini aytib, unga ishonch bildirgan ijodkorlarga minnatdorlik izhor etgan.

Maryam Tillayeva serialda bosh qahramonni gavdalantiradi. Kartinada oddiy oiladan boʻlgan qizning boy oilalar farzandlari tahsil oladigan maktabdagi sarzugashtlari hikoya qilinadi.

Melodrama janridagi serial rejissyor Nika Yakovleva tomonidan suratga olinadi. Danil Lumerz, Yevgeniya Yaskina va roman muallifi Natalya Sposobina ssenariy mualliflari hisoblanadi.