/
/
Mashhur bokschi Bahodir Jalolov haqidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi
10.07.2024

Mashhur bokschi Bahodir Jalolov haqidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi

Filmning ilk katta premyerasi 2024-yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan. “Yengilmas: Tokioga yoʻl” nomli badiiy film Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Conglomerate Studio” studiyasi tomonidan suratga olinmoqda.

Mashhur bokschi Bahodir Jalolov haqidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi

Taniqli aktyor Ulugʻbek Qodirov ijrosidagi “Yengilmas” filmining treyleri eʼlon qilindi. Filmda mashhur bokschi, Olimpiada chempioni Bahodir Jalolovning hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi.

“Yengilmas: Tokioga yoʻl” nomli badiiy film Kinematografiya agentligi buyurtmasi bilan “Conglomerate Studio” studiyasi tomonidan suratga olinmoqda. Filmning ilk katta premyerasi 2024-yil sentyabr oyiga rejalashtirilgan.

Avvalroq ushbu filmda suratga tushish uchun bir guruh xorijlik aktyorlar Oʻzbekistonga kelgandi. Xususan, yaponiyalik Masaya Kato, shveysariyalik Filip Reynhard, amerikalik Richard Li, yaponiyalik Osamu Yamamoto, rossiyalik Mariya Shamshina kabi mashhur kinoyulduzlar ushbu filmda koʻrinish beradi.

Mazkur film oʻzbek boksining bugungi dovrugʻini butun dunyoga yana bir bor tanitgan ikki karra Osiyo va Jahon chempioni, bir nechta xalqaro musobaqalar gʻolibi, sport ustasi Bahodir Jalolovning hayotidan hikoya qiladi. Filmda oddiy bir qishloq yigitining oʻz oldiga qoʻygan qatʼiy maqsadiga erishishi va bu yoʻldagi ogʻir sinovlar, sunʼiy toʻsiqlar, kutilmagan hayot zarbalariga bardoshli boʻlish, yigitlik, or-gʻurur, shaʼn va nomni oqlash yoʻlidagi sportchining mashaqqatli mehnatlari haqida soʻz boradi.