Maxar yangi avlod sunʼiy yoʻldoshlari tomonidan olingan Yerning birinchi suratlarini eʼlon qildi
Kompaniya sunʼiy yoʻldoshlarni ishga tushirish va ularni kalibrlashda davom etmoqda. Tez orada birinchi ikkita sunʼiy yoʻldosh mijozlarga xizmat koʻrsatish uchun qoʻllanilishi mumkin boʻladi.
Aniq geofazoviy maʼlumotlarni yetkazib berishga ixtisoslashgan Maxar Intelligence kompaniyasi WorldViyew Legion sunʼiy yoʻldoshlarining yangi avlodi tomonidan olingan sayyoramizning ilk suratlarini eʼlon qildi. Ular San-Fransisko va Sakramento shaharlari hamda magistral yoʻllarining batafsil tasvirlarini oʻz ichiga oladi.
Suratlar may oyida Yer orbitasiga chiqarilgan ikkita sunʼiy yoʻldoshdan biri tomonidan olingan. Bunday sunʼiy yoʻldoshlar jami oltita hisoblanadi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, barcha qurilmalarning joylashtirilishi uning yuqori sifatli tasvirlarni yigʻish qobiliyatini uch baravar oshiradi va 20 chastotada sayyoramizning eng tez oʻzgarib turadigan hududlari tasvirini oladigan “tundan tonggacha” suratga olish imkonini beradi.
Imkoniyatlarning oshishi Maxar Intelligenceʼga geofazoviy maʼlumotlarni tezroq olish uchun zamonaviy sunʼiy intellekt va mashinani oʻrganish texnologiyalaridan foydalanadigan dasturiy mahsulotlar yaratish imkonini beradi. Bularning barchasi aniq xaritalash, yerni kuzatish, geofazoviy tahlil va boshqa muhim vazifalar uchun qoʻl keladi.