/
/
“Minionlar 3” multfilmi 2027-yilda chiqariladi
12.07.2024

“Minionlar 3” multfilmi 2027-yilda chiqariladi

“Jirkanch kamina 4” animatsion filmi jahon prokatida 230 million dollar yigʻib, muvaffaqiyat qozongach, Universal va Illumination kompaniyalari “Minionlar” filmining uchinchi qismi ustida ishlay boshladi.

“Minionlar 3” multfilmi 2027-yilda chiqariladi

Franshiza 2027-yil 30-iyunda kinoteatrlarga qaytadi, kartinaga Pyer Koffen rejissyorlik qiladi. Ssenariy esa “Uy hayvonlarining sirli hayoti” muallifi Brayan Linch tomonidan yoziladi.

Film Illumination asoschisi va bosh direktori Kris Meledanri va Bill Rayan tomonidan ishlab chiqariladi (“Super Mario aka-ukalari. Film”).

2010-yilda ishga tushirilganidan beri “Jirkanch kamina” va “Minionlar” tarixdagi eng yirik animatsion franshizaga aylandi va jami 5 milliard dollarga yaqin daromad keltirdi. 2022-yilda “Minionlar: Gravitatsiya” filmi premyerasi dam olish kunlarida jahon prokatida birinchi oʻrinni egalladi va Qoʻshma Shtatlarda 125 million dollar yigʻib, toʻrtinchi iyul bayramlari rekordini yangiladi.

“Minionlar” multfilm bosh qahramoni Gryuning kichik yordamchilari haqida hikoya qiladi. Ular yer yuzida yashagan har bir yovuz odamga xizmat qilishgan, lekin tasodifan oʻzlarining barcha xoʻjayinlarini oʻldirishgan: Tirannozavr Reksdan tortib Napoleongacha.