РУ
O’Z
UZS
/
/
Moʻgʻuliston terma jamoasi libosi Parijdagi Olimpiadada eng yaxshi deb topildi
19.07.2024

Moʻgʻuliston terma jamoasi libosi Parijdagi Olimpiadada eng yaxshi deb topildi

Moʻgʻuliston terma jamoasi libosi Parijdagi Olimpiadada eng yaxshi deb topildi

Moʻgʻuliston Olimpiya qoʻmitasi Parijda (Fransiya) boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlari uchun terma jamoa libosini taqdim etdi. Ushbu liboslarda sportchilar musobaqaning ochilish va yopilish marosimlarida qatnashadi.

Olimpiya liniyasini ishlab chiqish Michel & Amazonka brendi tomonidan amalga oshirildi. Kostyumlar olimpiya va milliy ramzlarni birlashtiradi. Mashʼal, toʻqqizta ot dumi, Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada emblemasi, quyosh va oy zarhal iplar bilan naqshlangan.

Ayollar formasida tantanali sirgʻalar va naqshli sumkalar, erkaklar formasida esa kamonchi qalpoq, kamar va anʼanaviy moʻgʻul etiklari mavjud. Dizayn Moʻgʻuliston bayrogʻi ranglarida — koʻk, qizil va oq ranglarda yaratilgan.

Moʻgʻuliston Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) har bir kiyimni tayyorlashga oʻrtacha 20 soat vaqt ketganini aytdi. Va yaxshi sababga koʻra: moda dizaynerlarining saʼy-harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda yuqori baholandi. tiktoker-stilist Rayan Yip (uning videosi 2 million marta koʻrilgan) “Ular Olimpiadada gʻalaba qozonishdi”, deb taʼrif berdi..

Michel & Amazonka Ulan-Batorda joylashgan va opa-singillar Mishel Choigaala va Amazonka Choigaalaa tomonidan asos solingan. Brend zamonaviy uslubda “moʻgʻul anʼanalari va madaniyatining mohiyatini ifodalovchi” yuqori moda liboslarini ishlab chiqaradi. Shuningdek, ular 2022-yili Pekinda boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya oʻyinlari va 2020-yilgi Tokiodagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun Moʻgʻuliston terma jamoasi libosini yaratgan, bunda mamlakat bitta kumush va uchta bronza medalini qoʻlga kiritgandi.