Munisa Rizayeva farzandini dunyoga keltirish uchun Argentinaga ketdi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk farzandini dunyoga keltirish uchun turmush oʻrtogʻi Arseniy Moroz bilan birgalikda Argentinaga ketdi.
38 yoshli xonanda bu qarorga umr yoʻldoshining tavsiyasidan keyin kelganini aytgan. Mamlakatda tibbiyot tizimi yuqori darajada hisoblanadi.
Sanʼatkorga koʻra, ular dastlab Toshkentda Dubayga, shundan soʻng esa Argentinaga uchib ketishgan. Oilani 20 soatlik parvoz kutib turgan boʻlgan.
Munisa Rizayeva soʻnggi yillardagi eng mashhur taronasi hisoblanuvchi “Oʻylamading” qoʻshigʻini Konstaning konsertida birga kuylashi kerak edi.
Ammo tugʻruq jarayoniga tayyorlanish maqsadida mamlakatni tark etayotgan xonanda konsertda qatnasha olmaganidan afsusda ekanini bildirgan.
Maʼlumotlarga koʻra, Argentinada dunyoga kelgan chaqaloqlarga darhol mamlakat fuqaroligi beriladi. Ushbu pasport esa koʻplab davlatlarga vizasiz kirish imkonini beradi.