Munisa Rizayeva kuzatuvchilarining fikriga keskin javob qaytardi
Soʻnggi paytlarda Munisa Rizayeva homiladorlikdan keyin hayoti bir muncha oʻzgarganini aytmoqda. Avvalroq u biroz toʻlishganidan ranjigan boʻlsa, endi kuzatuvchilarining qanday tugʻishi haqidagi savollariga keskin javob berdi.
Xonanda Munisa Rizayeva jonli efir vaqtida unga qanday tugʻishi haqida savol bergan obunachilariga keskin ohangda javob qaytardi.
Tarmoq foydalanuvchilari qoʻshiqchining tugʻuruq jarayoni uchun turli maslahatlar bera boshlagan. Sanʼatkor bu borada oʻzi xohlagan usuldan foydalanishini aytgan.
“Kesarcha kesish usulidan foydalanmoqchiman. Chunki 38 yoshdaman, jonimni ogʻritishni xohlamayman. Oʻzim xohlagandek tugʻaman”, — deb taʼkidlagan xonanda jonli efir vaqtida.
Munisa Rizayeva nafaqat qoʻshiqlari, balki shaxsiy hayoti ham doimo eʼtibor markazida boʻladigan xonandalardan biri hisoblanadi. U biroz avval tez orada muxlislari uchun katta yangilik boʻlishini xabar bergandi.