Munisa Rizayeva nima sababdan farzandini Argentinada dunyoga keltirmoqchi?
Munisa Rizayeva Instagramʼdagi sahifasi orqali birinchi farzandini nima sababdan aynan Argentinada dunyoga keltirishga qaror qilgani haqida soʻzlab berdi.
“Nima sababdan 7 oylik qornim bilan Argentinaga ketdim? Birinchidan, Argentinaning tibbiyot darajasi dunyo boʻyicha 33-oʻrinda turadi. Ikkinchidan, Argentinaning kattaligi sabab bu yerda har xil madaniyatlar va har xil ob-havoni koʻrish mumkin.
Uchinchidan esa, hamma bilgan Messi, Maradona, steyk, folklor musiqa, Buenos Ayresning gʻayritabiiy koʻcha sanʼati haqida bilish menga ham qiziq boʻldi. Toʻrtinchi va asosiy sabab bu turmush oʻrtogʻimning xohishi boʻldi”, — deydi Munisa Rizayeva.
Xonanda Argentinaga parvoz jarayoni ham oson kechmagani haqida toʻxtalib oʻtdi.
“Endi esa parvoz haqida ikki ogʻiz: umumiy hisobda Buenos Ayresga salkam bir sutka parvoz qildik. Tasavvur qilyapsizmi? Katta qorin, bitta oʻrindiq va 22 soat! Ayni damda hammasi yaxshi. Rostini aytaman: oson boʻlmadi, lekin biz buni uddaladik”, — deydi Munisa.
Munisa Rizayeva farzandini noyabr oyining oxirida dunyoga keltirishini ham aytib oʻtgan.