Munisa Rizayeva tashqi ko‘rinishini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirdi
Muallif:
Shohzamon Shuhratov

Xonanda yangi klip tasvirga olish uchun imijini tubdan o‘zgartirdi.
Munisa Rizayeva “Ey oka” deb nomlangan qo‘shig‘i uchun klip suratga olishni boshladi.
Ushbu tarona ham qo‘shiqchining uslubiga mos ravishda sho‘x-shaddod bo‘ladi va to‘ylar uchun xitga aylanadi.
Rizayeva unda o‘zgacha obrazda — pushtirang sochda ko‘rinish beradi. Ijodkor klip uchun ukraincha raqsni ham o‘rganmoqda.