22.04.2025
Munisa Rizayeva kutilmagan katta yangilikni e’lon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Munisa Rizayeva tez orada yangi klip suratga olishni boshlaydi. Shu sabab u yangi raqs o‘rganmoqda.
San’atkorning bildirishicha, unga yangicha raqsni o‘rgatish uchun Ukrainadan mashhur xoreograf kelgan. Ular hozirda birgalikda ishlamoqda.
Munisa ismini aytib o‘tmagan erkak raqqos O‘zbekistondagi ob-havo va mazali taomlar unga juda yoqqanini aytib, mehmondo‘stlik uchun rahmat aytgan.
“Tez kunda ajoyib qo‘shiq va unga ishlangan g‘ayrioddiy klipni e’tiboringizga havola etamiz. Kutib qoling”, — deydi ijodkor.