/
/
Munisa Rizayeva xalqaro iqtidorlar shousida hakam sifatida ishtirok etadi
22.07.2024

Munisa Rizayeva xalqaro iqtidorlar shousida hakam sifatida ishtirok etadi

Xonanda FTV telekanalida efirga uzatiladigan xalqaro loyihada hakamlar hayʼati safida boʻladi. Ushbu shouning birinchi mavsumi bir qancha murosasiz qarorlar bilan muxlislar eʼtiborini jalb etgandi.

Munisa Rizayeva xalqaro iqtidorlar shousida hakam sifatida ishtirok etadi

Oʻzbek shou-biznesining mashhur yulduzi Munisa Rizayeva X-Factor  shousida ishtirok etadi. Bu haqda qoʻshiqchining oʻzi ijtimoiy tarmoqlarda maʼlum qildi.

X-Factor — dunyodagi eng mashhur vokal isteʼdodlari shousi boʻlib, ushbu format 57 ta davlatda moslashtirilgan, Oʻzbekiston esa 58-davlat hisoblanadi.

Eslatib oʻtamiz, Munisa bugun taʼtildan qaytadi va ertaga darhol suratga olish jarayonida qatnasha boshlaydi. Xonanda bunday shoularni sogʻinganini ham alohida taʼkidlagan.