12.08.2024
“Muvaffaqiyat geografiyasi”: Oʻzbekiston Olimpiya chempionlari qayerda tugʻilgan?
Muallif
Mahkamov Humoyun
Olimpiya chempionlarimiz qayerdan ekani haqidagi savol koʻpchilikni qiziqtirmoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi tarkibi tahlili shuni koʻrsatdiki, 13 ta medaldan 9 tasini viloyat sportchilari, 3 tasini Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan, yana 1 tasini esa dogʻistonlik kurashchi olib kelgan.
11-avgust kuni tunda Parij Olimpiadasi oʻz nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston jamoasi 13-oʻrinda qayd etildi. Yopilish marosimida mamlakat bayrogʻini ikki karra chempion Ulugʻbek Rashitov koʻtardi.
Ushbu maqolada Olimpiada oʻyinlarida sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilarning tugʻilgan hududi haqida maʼlumot beriladi.
Oltin:
- Diyora Keldiyorova (Samarqand);
- Ulugʻbek Rashitov (Toshkent);
- Hasanboy Doʻsmatov (Andijon);
- Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (Fargʻona);
- Lazizbek Mullojonov (Fargʻona);
- Razambek Jamalov (Dogʻiston);
- Abdumalik Xaloqov (Buxoro);
- Bahodir Jalolov (Surxondaryo).
Kumush:
- Akbar Joʻrayev (Toshkent);
- Svetlana Osipova (Toshkent).
Bronza:
- Muzaffarbek Toʻraboyev (Surxondaryo);
- Alisher Yusupov (Xorazm);
- Gʻulomjon Abdullayev (Xorazm).