Nega shengen berishni rad etishlari mumkin? Vizasiz qolishingiz mumkin bo‘lgan 7 ta xato
Uzoq kutilgan ta’til, sayohat yoki xizmat safari yaqin orada amalga oshadi, siz allaqachon kerakli viza hujjatlarini to‘plagansiz va shengen egasi bo‘lishga tayyorsiz. Barcha aviachiptalar, turar joy haqini to‘lamaguningizcha va soatlar bo‘yicha yo‘nalishni tuzmaguningizcha, sizga shengen berish rad etilishi mumkin bo‘lgan asosiy xatolarni bilish yaxshi bo‘lardi.
To‘liq bo‘lmagan hujjatlar to‘plami
Viza uchun zarur b‘lgan hujjatlar ro‘yxati har xil bo'lishi mumkinligini unutmang, shuning uchun konsullik veb-saytidagi aktual ma’lumotlarni qayta tekshirishni unutmang. Ahamiyatga ega bo’lmagan hujjat nusxasining unutilishi ortidan rad javobini olish achinarli holat.
Hujjatning yaroqlilik muddati
Ba’zi mamlakatlar viza uchun fotosuratni viza so‘rovidan olti oy ichida olingan bo‘lishini talab qiladi. Ayrim hollarda esa bankdan yangi ko‘chirma taqdim etish zarur. Shuningdek, pasportning amal qilish muddatiga ham e’tibor beriladi - agar u tugash arafasida bo‘lsa, sizga Shengen vizasi berishni rad etishlari mumkin. Ehtiyot bo‘ling: yangi va "toza" pasport (vizalarsiz) ham konsulni shubhalantirishi mumkin. Shu sababli, doimo eski vizalarning nusxalarini tayyorlab, ularni hujjatlar to‘plamiga ilova qiling.
Qonunchilik bilan bog‘liq muammolar
Taxminlarga ko‘ra, migratsiyaga oid huquqbuzarliklar, to‘lanmagan jarimalar — xavfsizlikka tahdid solishingiz mumkinligiga har qanday ishora shengenni boy berishi mumkin. Bunda migratsiya qoidalari muhim hisoblanadi: agar ularga rioya qilmasangiz, darhol Shengen hududi mamlakatlarining “qora ro‘yxati”ga tushib qolasiz.
Pul masalasi
Agar hisobda pul yetarli va hatto ko‘p bo‘lsa - bu shengen olish uchun “yashil chiroq” va aksincha. Moliyaviy barqarorlik bank ko‘chirmasi bilan tasdiqlanadi, agar ish haqi katta bo‘lsa, ish joyidan ma’lumotnoma olish kifoya. Agar sizda unisi ham, bunisi ham bo‘lmasa, konsulxona vizani rad etish huquqiga ega.
Aytgancha, nisbatan kichik ish haqi bilan hisobdagi katta summalar shubhali bo'lib, bu Shengen berishdan bosh tortishning yana bir sababidir.
Mehmonxonalarda xona yoki samolyot chiptalari bron qilmaganlik
va yaqin kelajakda shengen zonasiga borishingiz haqida boshqa dalillar mavjud bo‘lmasa.
Viza toifasi va safar maqsadiga mos kelmaslik
Masalan, siz sayyohlik vizasini so‘rayapsiz, lekin aslida ishga ketyapsiz va aksincha.
Noaniq vaziyatlar
Ba’zida siz mehmonxona yoki chet elga sayohat paytida to‘xtashni rejalashtirgan boshqa joyning manzilini ko‘rsatmaganingiz uchun shengen berish rad etilishi mumkin. Bundan tashqari, rad etish sababi oddiy e'tiborsizlik bo'lishi mumkin - Italiya vizasini olishni xohlaysiz, lekin negadir Ispaniya konsulligiga murojaat qilasiz.
Va nihoyat, oxirgi noaniq punkt - vatanga qaytishingizga shubha qilingani uchun sizga shengen berishdan bosh tortishlari mumkin. Shunday ekan, barcha ko‘char/ko‘chmas mulklar uchun hujjatlarni oling, kerak bo‘ladi.