Nepallik oʻsmir Yerdagi eng baland choʻqqilarni zabt etib, rekord oʻrnatdi
18 yoshli Nima Rinji Xalqaro alpinizm federatsiyasi tomonidan 8 ming metrdan baland deya tan olingan 14 ta choʻqqiga koʻtarilgan kam sonli insonlardan biriga aylandi.
Nepallik oʻsmir Yer yuzidagi 14 ta choʻqqini zabt etib, eng yosh alpinist sifatida jahon rekordini oʻrnatdi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 18 yoshli Nima Rinji Sherp Tibetdagi Shisha Pangma togʻi choʻqqisiga 9-oktyabr kuni soat 06:05 da koʻtarilgan. Shunda qilib, u Xalqaro alpinizm federatsiyasi tomonidan 8 ming metrdan baland deya tan olingan 14 ta choʻqqiga koʻtarilgan kam sonli insonlardan biriga aylangan.
Sherp baland choʻqqilarni zabt etishni 16 yoshida boshlagan boʻlib, 8 ming metrdan baland togʻlarga chiqishga 740 kun sarflagan. 2022-yil 30-sentyabr kuni u dunyoda balandligi boʻyicha sakkizinchi oʻrinda turadigan Nepaldagi Manaslu togʻiga koʻtarilgandi.
Oʻsmir bunga qadar ham qator rekordlarni oʻrnatgan — u dunyodagi eng yosh alpinist, Himoloyning G1 va G2 choʻqqilarini zabt etgan inson, Kashmirdagi Nangaparbatga koʻtarilgan eng yosh alpinist hamda 10 soat ichida Everest va uning yaqinidagi Lxosze choʻqqisiga chiqqan eng yosh alpinist hisoblanadi.