/
/
Neuralink implanti ikkinchi bemorga oʻrnatildi
05.08.2024

Neuralink implanti ikkinchi bemorga oʻrnatildi

Ayni paytda bemorning miyasida 400 ta elektrod ishlab turibdi. Neuralink miyaga chip oʻrnatish ishlarini davom ettiradi, joriy yil oxirigacha roʻyxatdagi bemorlar soni 10 nafarga yetishi rejalashtirilgan.

Neuralink implanti ikkinchi bemorga oʻrnatildi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask yutuber Leks Fridman bilan podkastda ikkinchi odam allaqachon Neuralink kompaniyasidan implantatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli oʻtganini aytdi.

“Men maqtanmoqchi emasman, lekin implant bilan bogʻliq tajribalar muvaffaqiyatli oʻtganga oʻxshaydi. U koʻplab signallarni oladi va koʻplab elektrodlarga ega. Chip muammosiz ishlamoqda” deb taʼkidlagan Mask.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda bemorning miyasida 400 ta elektrod ishlab turibdi. Neuralink miyaga chip oʻrnatish ishlarini davom ettiradi, joriy yil oxirigacha roʻyxatdagi bemorlar soni 10 nafarga yetishi rejalashtirilgan.

Chipga ega boʻlgan birinchi bemor Nolan Arboning aytishicha, elektrodlarning bir qismi nofaol boʻlsada (hozirda taxminan 15% ishlayapti), qurilmaning samaradorligi oʻsishda davom etmoqda. Arbo ikkinchi bemor elektrodlarni toʻliq faollashtirishiga umid bildirdi.