Neuralink implanti qoʻyilgan birinchi inson miyasidagi chip orqali tillarni oʻrganishni boshladi
Shuningdek, Arbo “qoʻlda” yozishni oʻrganayotganini maʼlum qildi. U qalamni qanday ushlashini va qogʻozga belgilarni qanday chizishini tasavvur qiladi, soʻngra ular kompyuter ekranida paydo boʻladi.
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi implantini olgan birinchi inson Nolan Arbo miyasiga oʻrnatilgan chip yordamida yapon va fransuz tillarini oʻrganishga kirishdi. Bu haqda u X (Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida xabar berdi.
Arboning taʼkidlashicha, implantdan foydalanish natijasida qisqa muddat ichida uning hayoti sezilarli darajada yaxshilandi. U har kuni toʻrt soatini chip bilan ishlashga, yozuvini takomillashtirishga, kitob yozishga, oʻqishga qaytish uchun matematikani oʻqish va takrorlashga sarflaydi. Kelajakda u taʼlimni tugatishni va neyrofanga hissa qoʻshishni orzu qiladi.
Shuningdek, Arbo “qoʻlda” yozishni oʻrganayotganini maʼlum qildi. U qalamni qanday ushlashini va qogʻozga belgilarni qanday chizishini tasavvur qiladi, soʻngra ular kompyuter ekranida paydo boʻladi. U chipning keyingi foydalanuvchilari undan koʻproq narsani oʻrganishlari uchun har kuni koʻplab tajribalar oʻtkazadi.
Bundan tashqari, chip Arboga koʻproq kitoblar, jumladan, Brandon Sanderson, Stig Larsson, Tolkin va Gyugo asarlarini oʻqish imkonini berdi. Bemor implantdan ibodat qilish va Injilni oʻqish uchun ham foydalanadi. Arbo xayriya tashkiloti tuzishni va yana jamiyatga foydali boʻlishni istamoqda.