Nufuzli Tatler jurnali oʻzbek mediabozoriga kirmoqda
Tatler jurnali Oʻzbekistonda 2025-yildan ishga tushiriladi. Yangi yildan jurnalning elektron va bosma nashrlari yoʻlga qoʻyiladi. Tahririyat tarkibi qanday boʻlishi hozircha nomaʼlum.
Tatler jurnali Qozogʻistondagi filial ish boshlagani va Markaziy Osiyodagi faoliyat kengaytirilishi haqida xabar berdi.
Endilikda Turkiya, Ozarbayjon va Oʻzbekistonda ham jurnalning bozor uchun muqobil versiyalari chiqarilishi belgilangan.
Tatler Kazakhstan jurnalining birinchi soni 2024-yil dekabr oyida chiqadi. Nashr Oʻzbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlarida 2025-yilda ishga tushiriladi.
Aloqa boʻyicha mutaxassis Marina Gazizova-Yakovleva Tatler Kazakhstan kompaniyasining boshqaruvchi direktori etib tayinlandi. Muharrir avvalroq GQ va Forbesʼga rahbarlik qilgan Nikolay Uskov boʻladi.
Tatler Osiyoning toʻqqizta mamlakatida — Gonkong, Singapur, Malayziya, Filippin, Tailand, Makao, Xitoy, Tayvan va Vetnamda mavjud. Mualliflar Osiyo madaniyatining eng yorqin tomonlarini ochib berish uchun harakat qilmoqda.