Nukusdan Mangʻistauga poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyiladi
Mangistau viloyati oʻzining noyob tabiiy manzaralari, boy tarixi va madaniy merosi bilan sayyohlarni oʻziga jalb qiladi. Doʻstona va mehmondoʻst mahalliy aholi sayyohlarni mintaqa madaniyati va anʼanalari bilan tanishtirishga tayyor.
Qoraqalpogʻistonning Nukus shahridan Qozogʻistonning Mangʻistau viloyatiga poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyilmoqda.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” aksiyadorlik jamiyati xabariga koʻra, qatnovlar 22-avgustdan boshlab haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
Nukus–Mangʻistau yoʻnalishi
- Kun: seshanba, payshanba, shanba kunlari;
- Vaqt: joʻnab ketish – 20:16, yetib kelish – 17:14.
Mangʻistau–Nukus yoʻnalishi
- Kun: chorshanba, juma va yakshanba kunlari;
- Vaqt: joʻnab ketish – 18:54, yetib kelish – 15:22.
Safar davomiyligi 21 soatni tashkil etadi. Bilet narxlari umumiy vagon uchun 420 ming soʻm, plaskart uchun 536 ming soʻm, kupe uchun esa 908 ming soʻm etib belgilangan.
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni elektron tarzda eticket.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.