“O‘lim yo‘li” va dunyodagi boshqa xavfli yo‘llar: bunday safardan qaytmaslik mumkin
Zamonaviy yo‘llar va avtomobillar sayohatlarimizni qulay qildi, ammo ushbu ro‘yxatdagi yo‘llarga bunga aloqador emas. Dunyoda hali ham eng xavfli va ekstremal yo‘llar mavjud. Ular bo‘ylab harakatlanish yomon yakunlanishi mumkin, ba’zi hollarda qurbonlar soni mingdan oshadi. Kirish qiyin bo‘lgan hududlarda joylashgan bu yo‘llar transport aloqalarining yagona yo‘li bo‘lib, mahalliy aholini xavfli safarga chiqishdan boshqa iloji qolmaydi.
Kamino – Los Yungas (Boliviya)
Bu yo‘l juda mashhur bo‘lib, “o‘lim yo‘li” nomini olgan. U Boliviyaning tog‘li hududi bo‘ylab cho‘zilib, Shimoliy Yungas viloyatini poytaxt La-Paz bilan bog‘laydi. Balandlikdagi farq uch ming metrdan oshadi – dengiz sathidan eng yuqori nuqtasi 4650 m, pastlikda esa 1200 metrgacha. Bu yerda tez-tez tuman bo‘ladi va yomg‘ir yog‘adi, g‘ildiraklar ostida esa, loy tuproq bilan yirik toshlar bo‘ladi. Yo‘lning bir tomonida tik qoya toshlar, boshqa tomonida – yuzlab metr pastda joylashgan jarlik bor. Yo‘l atrofida albatta, hech qanday to‘siqlar yo‘q. Yo‘lning o‘zi tor, hatto yengil avtomobillar o‘tib ketishi ham qiyin. U yerda yuk mashina yoki avtobuslar uchrashganda, vaziyat haqiqatan ham xavfli bo‘ladi.
Boliviyaning aksariyat hududlarida o‘ng qo‘l harakati qo‘llaniladi (rul chap tomonda bo‘lsa), ammo Kamino Los-Yungasda haydovchilarga yordam berish uchun, chap qo‘l harakati mavjud. Shu tarzda, jarlik tomonida yurgan haydovchilar derazadan tashqariga qarab, chap g‘ildiraklardan jarlikgacha bo‘lgan masofani yaxshiroq tushunishi mumkin. Biroq bu har doim ham ish bermaydi:
Bu yo‘lning murakkabligini yo‘l bo‘yidagi ko‘plab qabrlar eslatib turadi. O‘lganlar soni mingga yetadi. To‘qsoninchi yillarda Kamino Los-Yungas orqali sayohat har yili uch yuzga yaqin odam uchun oxirgisi bo‘ldi va 1983-yilda yuzga yaqin yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus tubsizlikka qulab tushdi. Bu yerda haydash, hatto yengil transport uchun ham xavfli: ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qsoninchi yillarning oxiridan beri 18 velosipedchi halok bo‘lgan. 2006-yilda rasmiylar xavfsizroq yangi yo‘lni ochdi. Kamino Los-Yungasda yo‘l harakati kamaydi va endi u yerda kamroq fojiali voqealar sodir bo‘lmoqda. Ammo yo‘l hali ham ekstremal sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi.
Dalton avtomobil yo‘li (AQSh)
Alyaskadagi bu trassa 70-yillarda qurilish ehtiyojlari uchun qurilgan – yuk mashinalari Trans-Alyaska neft quvuri uchun uskunalar olib yurgan. Dastlab Dalton avtomagistrali oddiy transport uchun ham yopilgandi, ammo 1994-yilda barcha cheklovlar olib tashlandi.
Bir qarashda, yo‘l unchalik xavfli emasdek ko‘rinadi, asfaltlangan joylar mavjud, keskin burilish va jarliklar yo‘q. Yo‘l milliy bog‘ va qo‘riqxonalar orasidan o‘tadi. Ammo bu avtomobil yo‘lining hiylasi uning sivilizatsiyadan uzoq joyida yashiringan. Yo‘lning barcha 666 kilometrida (bu raqam, albatta, Dalton avtomobil yo‘li haqidagi xurofotlarni kuchaytiradi) faqat uchta qishloq bor, ularda bir necha o‘nlab odamlar yashaydi. Infratuzilma, mehmonxona, xizmat ko‘rsatish markazi, shifoxonalar yo‘q – faqat go‘zal manzara orqali Shimoliy muz okeaniga boradigan yo‘l.
Yo‘l asosan yuk mashinalari tomonidan ishlatiladi: kuniga o‘rtacha ikki yuzga yaqin yuk mashinalari o‘tadi. Tajribali haydovchilar bunday yo‘lga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, barcha vaziyatlar uchun kerakli narsalarni oladi, chunki ular transport buzilishi yoki baxtsiz hodisa yuz berganda, yordam tez orada kelmasligini yaxshi biladi.
Kommonvels avtomobil yo‘li (Filippin)
Bizning tanlovimizdagi boshqa xavfli yo‘llar sivilizatsiyadan uzoqda, mashinalar g‘ildiraklari ostida odatda oddiy tuproq, yon tomonlarida esa jarlik va qoyalar joylashgan. Kommonvels – bu butunlay boshqa holat. Uzunligi atigi 12,5 kilometr bo‘lgan asfaltlangan avtomobil yo‘li, Filippinning yirik shahri Keson-Sitida joylashgan. Ushbu yo‘lni yon-atrof emas, balki haydovchilarning o‘zi xavfli qiladi.
Avtomobil yo‘li juda katta – har bir yo‘nalishda 6-8 tadan chiziq, velosipedlar uchun alohida ajratilgan chiziqlar ham mavjud. Mahalliy haydovchilar yo‘l harakat qoidalarini juda erkin talqin qiladilar, shuningdek piyodalar ham ana shunday intensiv transport o’tadigan avtomobil yo‘lidan bemalol o‘tishi mumkin. Buning ortidan ko‘plab baxtsiz hodisalar, shu jumladan og‘ir oqibatlar yuzaga keladi. Mahalliy hokimiyat vaziyatni yaxshilashga harakat qilmoqda: ular soatiga 60 km tezlik chegarasini kiritgan.
Golyan tunneli (Xitoy)
Ushbu yo‘l to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyning sharqidagi Tayxanshan tog‘ tizmasining qoyalari orqali o‘tadi. Tunnellar va yo‘lning o‘zi sivilizatsiyadan deyarli uzilib qolgan Golyan qishlog‘ining mahalliy aholisi tomonidan asfaltlangan.
Qurilish 70-yillarning birinchi yarmida boshlangan, mahalliy aholida hatto konchilik uchun mos asboblar ham bo‘lmagan – ular asosan iskana va bolg‘alardan foydalangan. 1977-yilda 1,2 kilometrlik yo‘l ochilib, qishloq va yaqin atrofdagi viloyatlar o‘rtasidagi transport aloqalarini sezilarli darajada yaxshiladi.
Yo‘lning murakkabligi va xavfi uning kengligidadir – u yerda burilib olish deyarli mumkin emas, faqat o‘rta kattalikdagi avtobus sig‘adi.
Zoji-La (Hindiston)
Ushbu dovon xavf va balandlik jihatidan Boliviyaning “O‘lim yo‘li”ga o‘xshaydi. 3500 metr yuqori balandlikda joylashgan Zoji-La Kashmir vodiysini Hindistonning Leh okrugi bilan bog‘laydi. Qishda qoplama qor bilan qoplanadi, shunda yo‘l tozalanmaguncha umuman o‘tib bo‘lmaydi.
Zoji-La bo‘ylab harakatlanish bir tomonlama: bir necha soat davomida transport bir yo‘nalishda, so‘ngra boshqa yo‘nalishda o‘tkazib yuboriladi. Bundan tashqari, bu yo‘ldan yurishga faqat kunduzi ruxsat etiladi. Yo‘lning holati idealdan yiroq, sababi, siz gohida soylardan o‘tishingiz kerak va ba’zida toshlar qulashi ham mumkin.
2026-yilda hokimlar dovonda 14 km uzunlikdagi tunnel qurishni tugatishni rejalashtirmoqda, bu esa, yo‘lni qor yog‘ishidan himoya qiladi va uni yilning istalgan vaqtida ishlatish imkoniyatini beradi.