Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari tomonidan sport turlari boʻyicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli rejalar toʻgʻrisida axborot berildi.
Qayd qilinishicha, avvalo, yigʻilishda ommaviy sportni va olimpiya harakatini yanada kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Sport vazirligi, Milliy Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari tomonidan sport turlari boʻyicha foydalanilmagan imkoniyatlar yana bir bor tanqidiy tahlil qilindi.
Misol uchun, Olimpiya oʻyinlarida yengil atletika boʻyicha 48 ta, suv sporti turlarida 49 ta dastur mavjud. Lekin vakillarimiz ularda 5 va 4 ta yoʻllanma bilan qatnashdi, xolos. Tennis, oʻq otish, gimnastika, velosport boʻyicha federatsiyalar ham, sharoit ham bor.
Yunon-rum kurashi, ot sporti, qilichbozlik, eshkak eshish boʻyicha hali ishga solinmagan imkoniyatlar koʻp. Chim ustida xokkey, basketbol, gandbol, regbi, suv polosi kabi jamoaviy sport turlarini ham rivojlantirish zarurligi qayd etildi. Mazkur sport federatsiyalari ishini jonlantirish, oʻquv-mashgʻulotlar tizimini takomillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi.