/
/
Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim: 14 kunlik imkoniyat
01.07.2024

Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim: 14 kunlik imkoniyat

Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolariga mamlakatga 14 kun davomida vizasiz boʻlib turish tartibini joriy qildi.

Oʻmon Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni joriy qildi

Shu bilan birga, mamlakatda mazkur muddatdan koʻproq vaqt mobaynida boʻlishni istagan oʻzbekistonliklar Oʻmonga kirish paytida aeroportning oʻzida kirish vizasini rasmiylashtirishlari mumkin.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, 2021-yil 1-martdan boshlab Oʻmon fuqarolari uchun Oʻzbekiston hududiga 10 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qilingan.