OpenAI Sunʼiy Intellekt Modelini Yangiladi: Endi Tezroq va Aqlliroq Javoblar
OpenAI kompaniyasining yangi sunʼiy intellekt modeli murakkab savollarga insondan ham tezroq mulohaza yuritib, javob berishni oʻrganib oldi. Shuningdek, kompaniya kamroq funksiyalarga ega boʻlgan, ammo ancha arzonroq o1-mini modelini ham taqdim etdi.
Amerika texnologiya kompaniyasi OpenAI o1 nomli sunʼiy intellekt (SI) modelini bozorga chiqardi.
The Verge portali xabar berishicha, u murakkab savollarga insondan ham tezroq “mulohaza yuritish” va javob berish qobiliyatiga ega. Shuningdek, kompaniya kamroq funksiyalarga ega boʻlgan, ammo ancha arzonroq o1-mini modelini ham taqdim etdi.
Taʼkidlanishicha, O1 koʻp bosqichli vazifalarni yaxshiroq bajaradi va oʻzidan oldingi modellarga qaraganda kodni yanada samaraliroq yozadi. Umuman olganda, O1 — OpenAI kompaniyasining insonga oʻxshash sunʼiy intellekt yaratish yoʻlidagi yana bir qadamidir.
Biroq, hozircha O1 OpenAI ning boshqa modeli — GPT-4o ga nisbatan sekinroq ishlaydi va qimmatroq turadi. Kompaniya joriy versiyani dastlabki koʻrinish sifatida taqdim etmoqda.
ChatGPT Plus foydalanuvchilari allaqachon yangi O1 va O1-mini modellaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishdi. OpenAI arzonroq modelni oddiy ChatGPT foydalanuvchilariga ham taqdim etishni rejalashtirmoqda, ammo bu qachon amalga oshirilishi hozircha nomaʼlum.