/
/
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi
15.07.2024

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish (xorijiy va nodavlat)” boʻlimi orqali amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi

Xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Talabalar oʻqishini quyidagi oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining mos va turdosh taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirish boʻyicha arizalarni onlayn qabul qilish boshlandi:

  • xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta oʻrindan birini egallagan);
  • Oʻzbekistondagi nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan;
  • xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining Oʻzbekistondagi filiallaridan.

Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalarni qabul qilish 15-iyuldan 5-avgustga qadar my.uzbmb.uz saytining “Oʻqishni koʻchirish (xorijiy va nodavlat)” boʻlimi orqali amalga oshiriladi.

Bunda talabalar oʻqishini xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy taʼlim tashkilotlaridan davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga koʻchirishga ruxsat etilmaydi.

Izoh: Oʻzbekistondagi davlat oliy taʼlim muassasalariaro oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz sayti orqali qabul qilinadi.