РУ
O’Z
UZS
/
/
“Orzu” xayriya koʻrgazma-auksionida 150 mln soʻmdan ortiq mablagʻ yigʻildi
02.07.2024

“Orzu” xayriya koʻrgazma-auksionida 150 mln soʻmdan ortiq mablagʻ yigʻildi

“Orzu” xayriya koʻrgazma-auksionida 150 mln soʻmdan ortiq mablagʻ yigʻildi

27-iyundan 30-iyunga qadar Butunjahon yoshlar festivali doirasida dunyodagi birinchi “Orzu” xayriya koʻrgazma-auksioni boʻlib oʻtdi. Koʻrgazmada koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalar taassurotlari asosida sunʼiy intellekt yordamida yaratilgan 20 ta kartina namoyish etildi. Koʻrgazma-auksion konsepsiyasi AI va inson ijodining simbiozini ifodaladi.

Psixologlar va jurnalistlar bolalarning hikoyalari bilan yaratilgan rasmlarni sinchkovlik bilan tekshirishdi, ular maʼqullangandan soʻng, asarlar 20 ta rasm yaratgan Sharm studiyasi rassomlariga topshirildi.

29-iyun kuni kimoshdi savdosi boʻlib oʻtdi, unda barcha rasmlar muvaffaqiyatli sotildi. Jami 151 million 400 ming soʻm undirildi. Kartinalarning narxi 4 million soʻmdan 20 million soʻmgacha boʻlgan.

Eng qimmat lot “Yoʻqotilgan ertak” kartinasi boʻldi, uni xitoylik mehmon Yi Chou yutib oldi.

Xayriya auksionidan tushgan barcha pullar toʻgʻridan-toʻgʻri “Mehirli qoʻllar” xayriya jamgʻarmasiga oʻtkazildi. Keyingi bosqich, tashkilotchilarning taʼkidlashicha, bolalarning koʻrish qobiliyatini tiklash uchun tekshiruvlar oʻtkazish va operatsiya qilishdir.