РУ
O’Z
UZS
/
/
Osiyoning eng badavlat odami oʻgʻlining toʻyi 600 million dollarga baholandi
15.07.2024

Osiyoning eng badavlat odami oʻgʻlining toʻyi 600 million dollarga baholandi

Osiyoning eng badavlat odami oʻgʻlining toʻyi 600 million dollarga baholandi

Hindistonlik milliarder Mukesh Ambani oʻgʻli Anantning toʻy marosimlari mart oyida boshlangan va 14-iyulda tugaydi. Mutaxassislar barcha toʻy tadbirlarining umumiy qiymatini 600 million dollarga baholagan.

Milliarder Reliance Industriyes raisi va boshqaruvchi direktori Mukesh Ambani Osiyodagi eng boy odam hisoblanadi. Mukesh yangi turmush qurganlarga Dubaydagi Palm-Jumeyra orolida 10 xonali villa va xususiy plyajni sovgʻa qildi, uning narxi taxminan 80 million dollar atrofida.

Anant tanlagani Hindistondagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi Encore Healthcare asoschilarining qizi Radhika edi. Yoshlar (ikkalasi ham 29 yosh) bir-birlarini bolalikdan bilishadi. Ular 2018-yilda universitetlarni tamomlagandan keyin munosabatlarini eʼlon qilishgan.

Taklif etilgan mehmonlar orasida dunyoning mashhur shaxslari, biznes magnatlari va siyosatchilar bor. Xususan, Kim Kardashian, xonanda Nik Jonas, Beyons, Rihanna, Jastin Biber, tadbirkor Mark Sukerberg, Ivanka Tramp, Hindistonning sobiq prezidenti Ram Nath Kovind, Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler va koʻplab yulduzlari Mumbayga toʻyga kelgani maʼlum.