Oyda 100 metr balandlikdagi “koʻcha chiroqlari” oʻrnatilishi mumkin
Jeff Bezosning Blue Origin tarkibiga kiruvchi Honeybee Robotics xususiy kosmik kompaniyasi Oyda “koʻcha chiroqlari” qurish uchun AQSH hukumatidan mablagʻ oldi. Ularning balandligi 100 metrdan bir oz koʻproq boʻladi.
Chiroqlar boʻlajak tadqiqotchilarga ikki Yer haftasi davom etadigan oy tunida ishlashga yordam berish uchun moʻljallangan. Loyihaning bosh tadqiqotchisi Vishnu Sanigepallining aytishicha, ulkan ustunlar oy kunida quyosh energiyasini toʻplaydi va tundan keyin atrofni kuchli projektorlar bilan yoritadi.
Tadqiqotchilar chiroqlarni juda baland qilib, keng oy kraterlari tashqarisidagi boʻshliqni yoritishga qaror qilishdi. Mutaxassislar, shuningdek, aloqa moslamalari va kameralar kabi jihozlarni yuqori nuqtalarga koʻtarish uchun ishlatilishi mumkin. Minoralar tagida esa Oyga uchuvchi qurilmalar va boshqa mumkin boʻlgan Oy infratuzilmasi obyektlarini zaryadlash uchun quvvat adapterlari oʻrnatiladi.
Bunday ulkan inshootlarni qurish bir qator qiyinchiliklar bilan bogʻliq, ammo kompaniyaning yechimi bor. U avtomatlashtirilgan tizimni ishlab chiqdi, uning yordamida har bir minora oʻz bazasidan mustaqil ravishda koʻtarilishi mumkin. Yaʼni lampalarni oʻrnatish boʻyicha deyarli hech qanday murakkab ish kerak boʻlmaydi.