РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘z qo‘lingiz bilan archa yasash: bayram uchun 25 ta ijodiy g‘oya
14.10.2024

O‘z qo‘lingiz bilan archa yasash: bayram uchun 25 ta ijodiy g‘oya

O‘z qo‘lingiz bilan archa yasash: bayram uchun 25 ta ijodiy g‘oya

Yangi yil arafasida uyingizga o‘z qo‘llaringiz bilan bir oz sehr olib kirishingiz mumkin. Ushbu qo‘llanmada 25 ta o‘ziga xos archa yasash usullari to‘plangan bo‘lib, ular nafaqat uyingizni bezaydi, balki butun oila uchun ajoyib ijodiy loyiha bo‘ladi.

 

Shox va g‘uddalardan

Quritilgan shox va archa g‘uddalarini yog‘och asosga mahkamlang.  Yonadigan girlyanda bilan bezang, o‘rmonning tabiiy teksturasi va hididan zavqlaning.

Ip va mixlardan: qalin va rangli iplarni devorga archa shaklida mahkamlangan mixlarga tortib chiqing. Bu usul oson va zamonaviy bo‘lib, estetikani qadrlovchilar uchun minimalizm uslubidagi archa yasash uchun ajoyib variant.

Karton vtulkalardan: tualet qog‘ozi yoki qog‘ozli sochiqlar vtulkalaridan foydalaning. Ularni yashil rangga bo‘yab, konus shaklida joylashtiring.

Yog‘och taxtalardan: yog‘och taxtalarni uchburchak shaklida joylab, mixlar bilan mahkamlang. Ekologik uslubni qadrlaydiganlar uchun ajoyib usul.

Tuxum fileykasidan archa daraxti: bo‘sh tuxum qutilarini archa shaklida yopishtirib, yashil rangga bo‘yang va yaltiroq bezaklarni qo‘shing.

Eski kitoblardan

novochag.ru

Eski kitob sahifalaridan konus yaratib, uni archa shaklida shakllantiring va zarchalar bilan bezang.

Fetr kvadratlardan: fetr materialidan kvadratchalarni kesib olib, ularni konusga mahkamlang. Bu nafaqat oson, balki bolalar uchun xavfsiz hamdir.

Yonadigan girlyandalar va fotosuratlardan: devorda yonadigan girlyandadan archaning konturlarini yarating, ichiga esa o‘tgan yildagi sevimli suratlaringizni mahkamlang.

Plastik butilkalardan: butilkalarni kesib, piramida shaklida joylang va o‘zingizga yoqqan rangda bo‘yang va bezang.

Yostiqlardan yasalgan archa daraxti

archidom.ru

Turli o‘lchamdagi yostiqlarni, katta yostiqdan boshlab, kichik yostiqlarga qadar archa shaklida joylashtiring. Ularni lenta va bantlar bilan bezang.

Makaron mahsulotlaridan: turli, masalan bant shaklidagi makaronlarni yashil va oltin rangga bo‘yab, ularni asosga yopishtiring.

Konserva idishlaridan: konserva qutilarni yashil rangga bo‘yab, ularni bir-birining ustiga qo‘ying.

Dolchin tayoqchalaridan: kichkina dolchin tayoqchalarini yelim bilan mahkamlash orqali archa yarating.

Plyonkadan: sovg‘alarni qadoqlaydigan plyonkadan chiroyli yarqiraydigan qatlamlar yaratishda foydalaning.

Paletlardan: paletlarni shunchaki archa shaklida joylashtirib, qishloq atmosferasi effektini yaratish uchun yonadigan girlyandalar bilan bezang.

Kraft qog‘ozidan: kraft qog‘ozlaridan konus shaklidagi archalarni yasang va ularni turli rasmchalar va applikatsiyalar bilan bezang.

Quritilgan mevalardan: quritilgan apelsin yoki limon bo‘laklarini simli ilmoq bilan archa ramkasiga osib qo‘ying.

Lampochkalardan

ybis.ru

Eski lampochkalarni bo‘yang va archa yaratish uchun iplardan foydalaning.

Eski kiyimlardan: ishlatilmaydigan kiyimlardan foydalaning – ularni uzun chiziqlarga kesib, archa shaklidagi simli ramka atrofida o‘rang.

 

Kiyim qisqichlaridan: yog‘och tayoq atrofida to‘plab, bo’yang va zarchalar bilan bezang.

 

Makkajo‘xori po‘stlaridan: ushbu materiallar shaklni yaxshi ushlaydi va ekologik toza ko‘rinadi.

 

Kigizdan yasalgan archa: kigizni katta doiralarga kesib, ularni bir-birining ustiga qo‘ying.

 

Plastik qoshiqlardan: bo‘yidan ikkiga bo‘ling va konusga yopishtiring.

      

Doira shaklidagi osma archa: qog‘ozdan ko‘p doiralar yasang va ularni osma mobilga birlashtiring.

 

Tekstildan: turli xil rangdagi iplarni oling va makrame texnikasi yordamida archa yarating.

 

Ushbu ijodiy g‘oyalar bayram atmosferasini boyitishga yordam berib, oila a’zolaringiz bilan birga yasagan archa Yangi yil muhitiga o‘zgacha bayramona shukuh baxsh etadi. Ijodiy jarayondan zavqlaning va o‘z qo‘lingiz bilan sehrli kayfiyat yarating!