РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari koʻrilmoqda
21.08.2024

Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari koʻrilmoqda

Oʻzbekiston aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olish choralari koʻrilmoqda

Respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targʻibot ishlari kuchaytirildi.

Oʻzbekiston Respublikasi bosh davlat sanitariya vrachining “Chet eldan maymunchechakning kirib kelishining oldini olish va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi koʻrsatmasi asosida mamlakatimiz aeroportlarida qator sanitariya-targʻibot tadbirlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.

Jumladan, fuqaro aviatsiyasi obyektlarining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi markazi bilan birgalikda 20-21-avgust kunlari aeroportlar tibbiyot xodimlari uchun maymunchechak kasalligining etiologiyasi, klinik koʻrinishi, epidemiologiyasi, diagnostikasi va oldini olish boʻyicha seminarlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida maymunchechak kasalligining oldini olishga qaratilgan sanitariya-targʻibot ishlari kuchaytirildi. Xususan, aeroport xodimlariga ushbu kasallik haqida soddalashtirilgan shaklda maʼlumot beriladi va baʼzi alomatlar vizual tarzda qanday namoyon boʻlishi tushuntiriladi.

Bundan tashqari, sanitariya-karantin xizmati tomonidan aeroportlarda havo harorati yuqori boʻlgan yoʻlovchilarni masofadan turib aniqlaydigan teplovizorlar oʻrnatiladi.

Uzbekistan Airportsʼning Tibbiy taʼminotni rivojlantirish departamenti JSST maʼlumotlariga tayanib, ushbu kasallikning yangi shtammi asosan Oʻzbekiston bilan toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻliq boʻlmagan Afrika mamlakatlarida tarqalayotganini taʼkidladi.