РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston aholisi soni 37,3 mln kishiga yaqinlashmoqda
18.09.2024

Oʻzbekiston aholisi soni 37,3 mln kishiga yaqinlashmoqda

Oʻzbekiston aholisi soni 37,3 mln kishiga yaqinlashmoqda

 Statistika agentligining avvalgi hisobotlarida aholining oylik oʻsishi oʻrtacha 54,4 ming kishini, kunlik oʻsishi esa qariyb 1,8 ming kishini tashkil etishi qayd etilgan.

Statistika agentligi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, 2024-yil 17-sentyabr holatiga mamlakat aholisi soni 37 282 316 nafarga yetgan.

Shunday qilib, Oʻzbekiston aholisi 37,3 million kishiga yaqinlashdi. Statistika agentligining avvalgi hisobotlarida aholining oylik oʻsishi oʻrtacha 54,4 ming kishini, kunlik oʻsishi esa qariyb 1,8 ming kishini tashkil etishi qayd etilgan.

Aholi sonining barqaror oʻsish dinamikasiga qaramay, 2024-yilning birinchi yarmida yangi tugʻilgan chaqaloqlar sonining qisqarishi qayd etildi. Yanvar-iyun oylarida mamlakatda 419,9 ming bola tugʻildi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 15 mingga kam.