РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi oʻrnini yaxshiladi
16.09.2024

Oʻzbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi oʻrnini yaxshiladi

Oʻzbekiston Global kiberxavfsizlik indeksidagi oʻrnini yaxshiladi

Oʻzbekiston 100 ballik tizimda 89,2 ball toʻpladi va reytingning ikkinchi (ilgʻor) guruhiga kirdi.

BMT Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU) “2024-yilgi Global kiberxavfsizlik indeksi” (GCI) boʻyicha hisobotini eʼlon qildi.

Yangi metodologiyaga koʻra, Oʻzbekiston 100 ballik tizimda 89,2 ball toʻpladi va reytingning ikkinchi guruhiga (Tier 2) kirdi. 2020-yilda eʼlon qilingan avvalgi hisobotda Oʻzbekiston 71,11 ball toʻplagan edi.

GCI reytingi kiberxavfsizlikning beshta asosiy yoʻnalishi: qonunchilik, texnik, tashkiliy jihatlar, salohiyatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni qamrab oluvchi 83 parametr asosida tuzilgan.

2024-yilgi hisobot mamlakatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi yutuqlarini yanada aniqroq baholash uchun yangilangan besh bosqichli tahlildan foydalandi. Darajalarga Tier 1 (namunali), Tier 2 (ilgʻor), Tier 3 (oʻrnatilayotgan), Tier 4 (rivojlanayotgan) va Tier 5 (shakllanayotgan) bosqichlarga kiradi.

Oʻzbekiston Xitoy, Avstriya, Kanada, Rossiya, Qozogʻiston va Ozarboyjon kabi davlatlar qatorida Tier 2 – ilgʻor guruhiga kirdi. Baholashda dunyoning 194 davlati ishtirok etdi. Eng yaxshi Tier 1 guruhidan Avstraliya, Yaponiya, AQSH, Singapur, Italiya kabi davlatlar joy oldi. Yangi metodologiya 2023-yildagi ishlarni baholaydi va indeks har ikki yilda yangilanadi.