верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin
21.09.2024

Oʻzbekiston GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin

Oʻzbekiston GLONASS signalidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishi mumkin

Oʻzbekistonga Rossiyaning GLONASS sunʼiy yoʻldosh tizimining yuqori aniqlikdagi signalidan foydalanish huquqi berilishi mumkin. Vladimir Putin bu masala boʻyicha muzokaralar olib borishga rozilik berdi.

image

Qanday qilib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin

icon

Oʻzbekistonga Rossiyaning GLONASS sunʼiy yoʻldosh tizimining yuqori aniqlikdagi signalidan foydalanish huquqi berilishi mumkin, deb xabar bermoqda TASS.

Maʼlum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu masala yuzasidan muzokaralar olib borishga rozilik bildirgan.

“Rossiya hukumatining Rossiya va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida Oʻzbekistonga Rossiyaning GLONASS global navigatsiya sunʼiy yoʻldosh tizimining yuqori aniqlikdagi signalidan foydalanish huquqini berish toʻgʻrisidagi bitimni tuzish boʻyicha muzokaralar olib borish haqidagi taklifi qabul qilinsin”, — deyiladi tegishli farmoyishda.

GLONASS yer, dengiz, havo va kosmik bazalardagi foydalanuvchilarni tezkor maʼlumotlar bilan taʼminlashga moʻljallangan navigatsiya sunʼiy yoʻldosh tizimi hisoblanadi.

Signallar aviatsiya, transport, qishloq xoʻjaligi, qurilish, geodeziya va kartografiya kabi sohalarda qoʻllaniladi. Tizim yordamida kosmik apparatlarning orbitalarini, odamlar, hayvonlar va mol-mulklarning joylashuvini aniqlash mumkin. Shuningdek, u favqulodda vaziyatlarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish uchun ham foydalaniladi.

Bu qiziq

Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Qanday qilib uydan chiqmasdan turib 25 million so‘mlik kredit olish mumkin?
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.