Oʻzbekiston kosmik fazo toʻgʻrisidagi shartnomaga qoʻshilishi mumkin
Senatorlar xalqaro hujjatga qoʻshilish Oʻzbekistonga kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib berishini alohida taʼkidladi.
19-iyul kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasining majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda “Kosmik fazo, shu jumladan Oyni va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyati prinsiplari toʻgʻrisidagi shartnomaga (London, Moskva va Vashington, 1967-yil 27-yanvar) Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi haqida”gi Qonun dastlabki tarzda muhokama qilindi.
2024-yil holatiga koʻra shartnomaga 114 davlat qoʻshilgan. Mazkur shartnoma kosmik fazoning huquqiy maqomi asoslarini qamrab oluvchi 17 ta moddani oʻz ichiga oladi.
Senatorlar xalqaro hujjatga qoʻshilish Oʻzbekistonga kosmik fazoni tadqiq qilish va undan foydalanish, kosmosning barcha hududlari va osmon jismlariga erkin kirish, shuningdek, xalqaro kosmik loyihalarda, resurslar va bilimlar almashinuvida qatnashish imkoniyatlarini ochib berishini alohida taʼkidladi.
Shuningdek, Kosmik fazo, shu jumladan Oy va boshqa samoviy jismlarni tadqiq qilish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlarning faoliyat tamoyillari toʻgʻrisidagi shartnomaga Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan qoʻshilish xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalariga asoslangan holda davlatimiz kosmik soha huquqiy tizimini rivojlantirishga xizmat qiladi. Majlis yakunida Qoʻmitaning tegishli qaror qabul qilindi.