РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston maktablarida birinchi qoʻngʻiroq. Eng esda qolarli suratlarni toʻpladik
04.09.2024

Oʻzbekiston maktablarida birinchi qoʻngʻiroq. Eng esda qolarli suratlarni toʻpladik

Oʻzbekiston maktablarida birinchi qoʻngʻiroq — fotoreportaj

Bugun, 4-sentyabr kuni Oʻzbekistondagi barcha maktablarda birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangradi. Joriy oʻquv yilida 700 mingga yaqin oʻquvchi 1-sinfga bordi. Toping.uz respublikaning turli hududlarida bayram qanday nishonlangani haqida xabar beradi.

Oʻzekiston maktablarida 4-sentyabr de-fakto “Bilimlar kuni” hisoblanadi. Bunga qadar bayram 2-sentyabr kuni nishonlanar edi.

Bugundan eʼtiboran umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yangi oʻquv yili boshlandi. Quyida turli viloyatlarda birinchi qoʻngʻiroq tadbirlar qanday oʻtkazilganini tomosha qilasiz.

Toshkent shahri

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Toshkent shahridagi 325 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarida 501 207 nafar 1-11-sinf oʻquvchilariga sinf xonalarining eshiklari ochildi.

Xususan, 1-sinfga qabul qilingan 48 223 nafar  oʻquvchilar uchun bu kun  ahamiyatli. Bu ularning hayotidagi muhim  qadamlardan biri hisoblanadi.

Andijon viloyati

Foto: Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Andijon viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Andijon viloyatidagi barcha taʼlim muassasalarida yangi 2024-2025-oʻquv yili boshlanib, “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostidagi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlari oʻtkazildi.

Xorazm viloyati

Foto: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Bugun Xorazmdagi barcha umumtaʼlim maktablarida ham birinchi qoʻngʻiroq sadolari jarangladi. 36 ming nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar maktab ostonasiga ilk qadam qoʻyib, 1-sinfga qabul qilindi.

Navoiy viloyati

Foto: Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Navoiyda ham birinchi qoʻngʻiroq tadbirlari boʻlib oʻtmoqda. Shahar va tuman hokimlari barchani Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 33 yilligi va yangi oʻquv yili boshlanishi bilan tabrikladi.

Viloyatning Zarafshon va Navoiy shaharlarida, shuningdek, Qiziltepa, Konimex, Uchquduq kabi tumanlarida hamda boshqa kichik maʼmuriy birliklarida bir qator yangi maktablar foydalanishga topsirilgan.

Samarqand viloyati

Foto: Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Samarqand viloyatidagi barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan 2024-2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan ishlab chiqilgan namunaviy ssenariyga koʻra, “Oʻzbekiston — mening vatanim” shiori ostida ochiq mashgʻulotlar tashkil etildi.

Qashaqadaryo viloyati

Foto: Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Qashqadaryoda ham mutasaddilar oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan maktablarga borib, oʻquvchilarni va pedagoglarni tabrikladi. Shundan soʻng 1-sinf oʻquvchilariga prezident sovgʻasi topshirildi.

Sirdaryo viloyati

Foto: Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi
Foto: Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi

Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Mirzaobod tumanidagi 5-maktabda boʻlib oʻtgan birinchi qoʻngʻiroq tadbirida qatnashdi.

Maktab ostonasiga ilk bor qadam bosgan bolajonlarga 12 turdagi oʻquv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat prezident sovgʻalari topshirildi.