Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining rasmiy formasi taqdim etildi
Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida 2-iyul kuni Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun rasmiy sport ekipirovkasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Sport kiyimlari toʻplami “7Saber” brendi tomonidan taqdim etilgan boʻlib, u yuqori sifatli matolardan “Dri fit” texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi, bu kiyimlarga alohida pishiqlik va mashgʻulotlarda namlikni oʻziga singdirmaydi.
Sport hamda boshqa tadbirlar uchun moʻljallangan oq va zumrad koʻrinishdagi asosiy ranglar kombinatsiyasi tilla rang elementlar bilan hayotga muhabbat va ochiqlikni, qatʼiylik va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoni anglatadi.
Maʼlumot oʻrnida, brend Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari va Pekin-2022 qishgi Olimpiya oʻyinlaridagi rasmiy hamkori boʻlgan. Brend tomonidan XXXII Olimpiada uchun yaratilgan jihozlar “Cosmopolitan” jurnalining moda reytingiga kiritildi.