Oʻzbekiston terma jamoasi Shimoliy Koreyani kichik hisobda magʻlub etdi
Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Nasrullayevning uzatmasidan soʻng darvozani ishgʻol etdi. 40-daqiqada esa Oʻtkir Yusupov raqib tepgan penaltini qaytardi.
Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi JCH–2026 3-saralashi 1-turida Shimoliy Koreyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Nasrullayevning uzatmasidan soʻng darvozani ishgʻol etdi. 40-daqiqada esa Oʻtkir Yusupov raqib tepgan penaltini qaytardi.
Birinchi boʻlim Katanes shogirdlarining kichik ustunligi bilan yakunlandi. Ikkinchi boʻlimda ham oʻzbekistonliklar faolroq harakat qilgan boʻlsada, darvozalar ishgʻol etilmadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichini kichik hisobdagi gʻalaba bilan boshladi. Oʻzbekiston 2-tur bahsini Qirgʻizistonga qarshi oʻtkazadi. Safardagi uchrashuv 10-sentyabr kuniga belgilangan.