Oʻzbekiston va Qozogʻiston samolyotlar uchun yangi navigatsiya yoʻlagini joriy qildi
Oʻzbekiston va Qozogʻiston havo kemalari parvozlari uchun yangi optimallashtirilgan navigatsiya yoʻnalishini joriy qildi. 40 kilometr masofani qisqartirish orqali aviakompaniyalarga reyslarda yiliga 30 dan 50 tonnagacha yoqilgʻi tejash imkonini beradi.
“Oʻzaeronavigatsiya” va “Qozaeronavigatsiya” mutaxassislarining qoʻshni havo hududlari konstruksiyalari elementlarini optimallashtirish, shuningdek, havo harakatiga xizmat koʻrsatish dispetcherlarining ish hajmini kamaytirish masalalari boʻyicha faol oʻzaro hamkorligi havo yoʻnalishlarining yangi uchastkalarini joriy etish boshlandi.
2024-yil 11-iyuldan T-916 zonali navigatsiya marshrutining yangi boʻlimlari rasmiy eʼlon qilindi va foydalanishga topshirildi va shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yoʻnalishning birinchi foydalanuvchisi boʻldi.
Ushbu yoʻnalishning joriy etilishi, uni 40 kilometrga qisqartirish orqali aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilgʻini tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
Prognozlarga koʻra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya yangi optimallashtirilgan yoʻnalish boʻyicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “Oʻzaeronavigasiya” Markazi DUK qoʻshni davlatlar provayderlari bilan hamkorlikda yangi HHTE yoʻnalishlarini joriy etish boʻyicha faol ishlarni davom ettiradi.