РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
03.09.2024

Oʻzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

Oʻzbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

2-sentyabr kuni Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda Madaniyat vazirligi.

Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratgan va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻlgan.

Ayniqsa uning “Sulton Jaloliddin”, “Kim ekan”, “Devona”, “Galdimu”, “Qoʻrqdim” kabi qoʻshiqlari keng ommalashib, xalq qalbida munosib oʻrin egallagan.

“Bobomurod Hamdamov buyuk hofiz Komiljon Otaniyozovning munosib izdoshi edi. Uning qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining “oltin fondi”ga kiritilgan boʻlib, yorqin xotirasi muxlislar qalbida mangu yashaydi”, — deyiladi xabarda.