O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar? Qiz va o‘g‘il bolalarga ko‘proq qanday ismlar qo‘yilgan?
O‘zbekiston aholisi rasman 37 million kishidan oshdi. Mahalliy aholi soni doimiy ravishda o‘sib bormoqda, jumladan, 2023-yildan beri u 2 foizga, ya’ni 163,5 ming kishiga oshdi. Xo‘sh, aholining qanchasi erkaklar va ayollar?
O‘zbekistonda qancha erkak va ayol bor?
- Erkaklar nafaqat oilada, balki statistikada ham yetakchi o‘rinni egallamoqdai – ular 18 652 592 nafar.
- Ayollar kichik farq bilan ortda qolmoqda – 18 396 569 nafar.
Hozirda mamlakatda 37 104 818 kishi istiqomat qiladi. Bu haqiqatdan ham katta ko‘rsatgich!
O‘zbekistonda tug‘ilish darajasi
Mutaxassislarning prognoziga ko‘ra, O‘zbekistondagi tug‘ilish darajasining yuqoriligi 2030-yilgacha davom etishi mumkin. Bu o‘rtacha yiliga 900-950 ming kishini tashkil etadi. Shuning uchun 40+ millionlik “bo‘lajak” ko‘rsatkichga yetishimiz aniq. Bu esa nafaqat moliyaviy imkoniyatlar, balki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa qanday ism tanlash kabi savollarni tug‘diradi.
O‘zbekistondagi eng mashhur ismlar: 2023-yilning TOP 10 ismlari
O‘tgan yilning oxirida respublika Adliya vazirligi O‘zbekistonning eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ro‘yxatini e’lon qildi.
O‘zbekistonda qizlarga tanlangan eng mashhur ismlar va ularning ma’nosi
Soliha – mehribon, yaxshi, solih, saxovatli
Yasmina – yasmin, quvnoq, xushchaqchaq, sirli
Muslima – e’tiqodli, Islom dinining izdoshi
Xadicha – haqiqatgo‘y, tashabbuskor, ko‘ngilchan, aqli
Imona – sodiq, yuksak ma’naviy, adolatli, mehnatkash
Shukrona – minnatdor, rahmdil, mehribon, g‘amxo‘r
Sumayya – yorqin, jozibador, kuchli, baxtli
Ifora – marvarid, olmos, jozibali, o‘ziga tortar
Sa’diya – farovon, halol, ko‘ngilchan, omadli
Mubina – oddiy, aniq, ishonchli, jasur
O‘zbekistonda o‘g‘il bolalarga tanlangan eng mashhur ismlar va ularning ma’nosi
Muhammadali – yuksak, kuchli, ishonchli, maqsadli, lider
Mustafo – tanlangan, ma’naviy, mehribon, g‘amxo‘r, iymonga sodiq
Abdulloh – Alloh va dinni qadrlaydigan, rahmdil, ko‘ngilchan, mehribon
Muhammad – “maqtalgan kishi”, adolatli, hamdard, dono va hurmatga sazovor
Muhammadyusuf – maqtovga loyiq, ma’naviy, halol, hurmatli, obro‘li
Muhammadamin – “suyukli payg‘ambar” izdoshi, mehribon va rahmdil, qalbi pok
Nurmuhammad – “xabarchi”, yorqin, yuksak, muborak
Muhammadjon – maqtalgan, aziz, bosiq, mas’uliyatli
Imronbek – “buyuk rahbar”, o‘ktam, kuchli, munosib
Muhammadziyo – iste’dodli, ijodkor, ilhomlantiruvchi