РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda bir porsiya oshning oʻrtacha narxlari eʼlon qilindi
02.08.2024

Oʻzbekistonda bir porsiya oshning oʻrtacha narxlari eʼlon qilindi

Oʻzbekistonda bir porsiya oshning oʻrtacha narxlari eʼlon qilindi

Mazkur statistika shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalaridagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan.

Statistika agentligi hududlardagi 1 porsiya palovning iyul oyidagi oʻrtacha narxlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, eng qimmat osh Toshkent shahrida boʻlib, uning narxi 30 400 soʻmni tashkil qiladi. Eng arzon oshni esa Namangan viloyatidan 20 000 soʻmga sotib olish mumkin. 2024-yil iyul oyida viloyatlarda palovning oʻrtacha narxi quyidagicha shakllangan:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 24 300 soʻm;
  • Andijon viloyati — 25 800 soʻm;
  • Buxoro viloyati — 29 000 soʻm;
  • Jizzax viloyati — 26 100 soʻm;
  • Qashqadaryo viloyati — 28 100 soʻm;
  • Navoiy viloyati — 24 600 soʻm;
  • Namangan viloyati — 20 000 soʻm;
  • Samarqand viloyati — 27 800 soʻm;
  • Surxondaryo viloyati — 27 100 soʻm;
  • Sirdaryo viloyati — 23 600 soʻm;
  • Toshkent viloyati — 25 700 soʻm;
  • Fargʻona viloyati — 23 800 soʻm;
  • Xorazm viloyati — 28 300 soʻm;
  • Toshkent shahri — 30 400 soʻm.

Mazkur statistika shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning oʻrtacha narxlari hisobga olingan boʻlib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.