РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda bogʻcha mudiralarini menejerlikka oʻqitish tizimi joriy etiladi
30.09.2024

Oʻzbekistonda bogʻcha mudiralarini menejerlikka oʻqitish tizimi joriy etiladi

Oʻzbekistonda bogʻcha mudiralarini menejerlikka oʻqitish tizimi joriy etiladi

Malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bogʻchani bogʻlaydigan vertikal tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Bogʻcha mudiralarini oʻqitish tizimi joriy etiladi. Bu haqda 30-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqotida maʼlum qilindi.

Davlat rahbari yigʻilishdan oldin yangicha qiyofaga ega institutda yaratilgan sharoitlar, oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha yangi tizim taqdimoti bilan tanishganini, bundan buyon taʼlim sifatini yangi bosqichga koʻtarish uchun ish 7 ta yoʻnalishda tashkil etilishini qayd etdi.

Abdulla Avloniy nomidagi institut pedagoglarda kasb mahoratini oshirishga masʼul boʻladi. Institutning 12 ta hududiy markazini yangi qiyofaga keltirish va jihozlash uchun yaqin 3 yilda byudjetdan har yili 50 mlrd soʻm ajratiladi.

Hokimlarga joylardagi barcha malaka oshirish markazlarini yangi qiyofaga keltirish topshirildi. Malaka oshirishda vazirlik, malaka oshirish markazi, maktab va bogʻchani bogʻlaydigan vertikal tizim yoʻlga qoʻyiladi.

Bundan tashqari, joylarda 1 300 ta tayanch maktab va 200 ta bogʻcha tanlab olinib, ulardagi yetakchi oʻqituvchilar yosh pedagoglar uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati”ni tashkil etadi. Buning uchun yetakchi oʻqituvchilarning ish haqiga 20 foiz ustama qoʻshiladi.