РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda BYDʼning yana ikkita modeli ishlab chiqariladi
16.07.2024

Oʻzbekistonda BYDʼning yana ikkita modeli ishlab chiqariladi

Oʻzbekistonda BYDʼning yana ikkita modeli ishlab chiqariladi

Sertifikat sinovlari uchun modellar UzTest davlat muassasasi qoshidagi “Quality and Safety Testing” sinov laboratoriyalari kompleksiga topshirilgan.

BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlar bilan Oʻzbekistonda yangi BYD avtomobil modellarini ishlab chiqarish boʻyicha shartnomalar tuzdi, deb xabar berdi “Oʻzavtosanoat” kompaniyasi matbuot xizmati.

27-iyundan zavodda BYD Chazor va Song Plus avtomobillari ishlab chiqarila boshlagandi. Prezidentga 10-iyuldagi taqdimotda Oʻzbekiston BYD bilan B, C va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish boʻyicha kelishib olgani aytilgandi.

Maʼlum boʻlishicha, gap BYD Seagull va E2 haqida bormoqda, ularning birinchi namunalari allaqachon laboratoriyalarda sinovdan oʻtkazilmoqda. Sertifikat sinovlari uchun modellar UzTest davlat muassasasi qoshidagi “Quality and Safety Testing” sinov laboratoriyalari kompleksiga topshirilgan.

Sinovlar umumiy texnik reglament talablari asosida oʻtkazilib, elektromagnit moslik, tormoz tizimi samaradorligi, ichki va tashqi shovqin darajasi, isitish va sovutish tizimlari, boshqaruvchanlik va barqarorlik, yoritish tizimi va boshqa koʻplab koʻrsatkichlarni tekshirishni oʻz ichiga oladi.