РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi
30.08.2024

Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Avgust oyining oxirgi kunlarida va 1–3-sentyabr bayram kunlarida Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq va kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, havo harorati 30–31-avgustda kunduz kunlari +31–35 daraja atrofida, janubda +37 darajagacha boʻladi.

1-sentyabrdan respublika hududi boʻyicha harorat foni asta-sekin pasayadi va 2–3-sentyabrda harorat 28–31 daraja atrofida boʻladi. Harorat kechalari +13–15 darajagacha pasayadi.

Nisbatan salqin havoning kirib kelishi baʼzi joylarda shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan qayd etiladi.

Poytaxtda 30-31-avgust va 1–3-sentyabr kunlari havo asosan ochiq boʻladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 1–2-sentyabrda 10–14 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat asosan kechalari +15–18 daraja, 3-sentyabrda +13–15 daraja, kunduz kunlari 30–31-avgust va 1-sentyabrda +30–34 daraja, 2-3-sentyabrda +28–30 daraja boʻladi.