Oʻzbekistonda dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?
Oʻzgidromet 18-20-oktyabr kunlari respublika hududlarida qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli boʻladi, 18-19 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 19 oktabrda Qoraqalpogʻiston Respublikasida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. 20 oktabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 18-23°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 22-27°; 20 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 15-20° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq; kunduzi 20-25°; 19-20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°, 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 20-25°; 19 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 25-30°; 20 oktabrda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20°; 19 oktabrda kechasi 5-10°, kunduzi 18-23°; 20 oktabrda kechasi 7-12°, kunduzi 21-26° boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlari
Havo biroz bulutli boʻladi, yoingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 18 oktabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10°; 19 oktabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15°; 20 oktabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° boʻladi.