РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda Finlyandiyaning Wolt oziq-ovqat yetkazib berish xizmati ishga tushirilmoqda
25.09.2024

O‘zbekistonda Finlyandiyaning Wolt oziq-ovqat yetkazib berish xizmati ishga tushirilmoqda

O‘zbekistonda Finlyandiyaning Wolt oziq-ovqat yetkazib berish xizmati ishga tushirilmoqda

Biroq hozirda mobil ilovada muassasalar mavjud emas. Kompaniya xodimlarni, jumladan, bosh direktorni ishga qabul qilishni e’lon qildi.

O‘zbekistonda Finlyandiyaning oziq-ovqat va tovarlarni yetkazib berish xizmati Wolt rasman ishga tushirildi. Bu haqda kompaniyaning mobil ilovasida xabar berilgan.

“Endi biz Toshkentda ishga tushirilganimizni mamnuniyat bilan e’lon qilamiz”, — deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Wolt veb-saytida yetkazib berish xizmati faoliyat ko‘rsatadigan mamlakatlar ro‘yxatida paydo bo‘ldi. Mavjud shaharlar orasida faqat Toshkent bor.

Kompaniya xodimlarni ishga qabul qilishni e’lon qildi: yordamchi xodimlar, savdo va qo‘llab-quvvatlash guruhi menejerlari, savdo menejerlari, asosiy hisob menejerlari, kontent menejerlari, shuningdek, bosh direktor.

Spot muxbiri Wolt mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq, restoranlarni joylashuvi bo‘yicha qidirganda, “Woltʼda hali sizga yaqin restoran yo‘q” degan xabar paydo bo‘ladi.