O‘zbekistonda fuqarolar himoyasining huquqiy kafolatlari yanada mustahkamlanadi
O‘zbekiston prezidenti tomonidan 20-sentyabr kuni imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada mustahkamlangan, OAVning faoliyati hamda insonning asosiy huquq va erkinliklari bilan bog‘liq huquqiy normalar belgilanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, qarindoshining sudlangani va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida fuqarolarning huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari qonunchilikka muvofiq har qanday faoliyatni amalga oshirishga va o‘z faoliyati yo‘nalishlarini mustaqil ravishda tanlashga haqliligi belgilanmoqda.