РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda kuzda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi
13.08.2024

Oʻzbekistonda kuzda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

Oʻzbekistonda kuzda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshiriladi

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirish toʻgʻrisida farmonni imzoladi.

Prezident tomonidan imzolangan hujjat bilan 2024-yil 1-sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 428 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 834 000 soʻm;
  • nogironlik pensiyalarining eng kam miqdori — oyiga 920 000 soʻm etib;
  • fuqarolarga toʻlanadigan boshqa pensiyalar va nafaqalar miqdorlari ilovaga muvofiq belgilanadi.

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab:

  • byudjet tashkilotlarida ishlovchi tibbiyot xodimlari, shuningdek, maktabgacha, umumtaʼlim, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va tashkilotlari, “Muruvvat” internat uylari, bolalar va mehribonlik uylari, bolalar sanatoriyalarida ishlovchi pedagog xodimlarning ish haqi miqdori — 15 foizga oshiriladi;
  • byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori — 10 foizga oshiriladi, mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan xodimlar bundan mustasno;
  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori — 375 000 soʻm etib belgilanadi.

Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etiladi.