O‘zbekistonda MicroMentor biznes platformasi ishga tushdi
Platforma orqali tadbirkorlar bilim va tajriba almashish uchun turli sohalardagi mentorlarni topishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlarida “MicroMentor” platformasi ishga tushdi. Bu haqda loyiha hamkori bo‘lgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki “Spot"ga ma’lum qildi.
Tadbirkorlar platformada strategiya, moliya, marketing, kadrlar boshqaruvi va boshqa masalalar bo‘yicha mentorlarni topishlari mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, “MicroMentor” tajriba almashish va biznesni rivojlantirish uchun boshqa mamlakatlar ishbilarmonlari bilan muloqot qilish imkonini beradi.
Mentor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan ishtirokchilar bilim almashishlari, biznes hamjamiyatida shaxsiy brend va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishlari mumkin. Menti (shogird)lar bir vaqtning o‘zida turli soha va davlatlardan kelgan bir nechta mentorlar bilan muloqot qilishlari mumkin bo‘ladi.