O‘zbekistonda nima sotib olish kerak? Dekor va aksessuarlarning 5 ta mahalliy brendi
Sayohatdan nafaqat taassurotlar, balki uyining dekori uchun o‘ziga xos aksessuarlar xarid qilishni yaxshi ko‘radiganlar uchun tavsiyalar.
Hozirgi kunlarda “Made in UZ” deb belgilangan liboslar, matolar, suvenirlar va boshqa ijodlar mashhur bo‘lib bormoqda. O‘zbek yaratuvchilaridan xarid qilish arzigulik hisoblanadi, axir ular nafaqat yuqori sifatli va “asrlarga tatigulik”, balki noyob hamdir. Dunyoning boshqa mamlakatlarida bunday narsalarni topishingiz amri mahol, chunki O‘zbekiston brendlarining mahsulotlari hayratlanarli darajada o‘ziga xos.
Tashrif buyurishni tavsiya qiladigan mahalliy brendlar bilan tanishtiramiz. U yerda idishlar, shamlar, choyshablar, gilamlar va boshqa dekor buyumlari, shuningdek, zargarlik qutilari va garderob uchun yoqimli kichik narsalar mavjud.
Silk Road Handmade
Anchadan beri qidirgan dasturxon, idishlar to‘plami, gilam va zargarlik qutisini topishingiz mumkin. Shu bilan birga, chiroyli qalpoq, sumka va lagan ham olishingiz mumkin. Xaridlaringizdan bemalol mamnun bo‘lishingiz mumkin, axir ular nafaqat juda chiroyli, balki mahsulotlardagi har bir detal qo‘l mehnati bo‘lib, noyob naqshlar bilan bezatilgan.
Humanhouseuz
Mahalliy hunarmandlar va o‘zbek dizaynerlari namoyish etadigan shourum. U yerda milliy kiyimlar, mahalliy hunarmandlar yasagan idishlar, shuningdek, Markaziy Osiyoning o‘ziga xosligini ta’kidlaydigan boshqa uy mahsulotlarining ulkan tanlovi mavjud. Shopogoliklar uchun “jannat” joyni yaratgan “Human Wear” brendi “upcycling” – ya’ni qayta ishlanadigan materiallardan hamda atrof-muhitga g‘amxo‘rlik asosida mahsulotlar yaratishi bilan ajralib turadi.
Shourumning yana bir ajoyib xususiyati: bu yerda turli tadbirlar, ma’ruzalar va master-klasslar, konsertlar, yarmarkalar va film namoyishlari o‘tkaziladi.
Nice Coffee Toys
Ushbu do‘kon – etnik uslubdagi zargarlik buyumlarining haqiqiy topilmasi yoki xazinasidir. Sharq ertaklari qahramonlari bilan kulonlar, qalpoqchali sirg‘alar va boshqa zargarlik buyumlari mahalliy illyustratorlar, rassomlar va dizaynerlar bilan birgalikda yaratiladi. Bunday narsalar brendni boshqalardan ajratib turadi va yangi mijozlarni hayratda qoldiradi. Obrazingizdagi bitta bunday narsa har qanday, hatto eng minimalistik obrazni ham o‘ziga xos tarzda yorqinlashtiradi.
TamKam
Ushbu brendning eng mashhur mahsuloti – toshlar bilan bezatilgan kalishlar bo‘lib, ular O‘zbekistonning faxri hisoblanadi. Shunday go‘zallik nima uchun podiumlarda shov-shuv bo‘lmay, mavsum trendiga aylanmaganiga biz ham hayronmiz. Bu maskanga bir borib, hamma narsani xarid qilgingiz kelishi ajablanarli hol emas.
Uzbek Identity
Ushbu brendni yaratishda dizaynerlar yagonalik, o‘ziga xoslik va vatanga bo‘lgan muhabbat kabi ta’riflar asosida ishlaganlar. Mozaikali klatchlar, tumorli shoperlar, o‘zbek tilida printli futbolkalar va yana ko‘p narsalarni xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, har bir xaridor uchun esdalik stikerlari, paketlar va tabriknomalar. Do‘kondagi har bir narsa xarid qilishga arziydi, sizga ham tavsiya qilamiz.