РУ
O’Z
UZS
/
/
Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi
22.07.2024

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratiladi

1-oktyabrdan rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

“Nogironligi boʻlgan shaxslarga qulay va toʻsiqlarsiz muhit yaratish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-oktyabrdan:

  • rekonstruksiya qilinadigan va taʼmirlanadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari loyihalarining texnik qismi nogironligi boʻlgan shaxslarga sharoitlar yaratish boʻyicha shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan majburiy ekspertizadan oʻtkaziladi;
  • har yili “Xavfsiz yoʻl va xavfsiz piyoda” respublika jamgʻarmasi mablagʻlarining kamida 10 foizi chorrahalarda nogironligi boʻlgan shaxslar (piyodalar) uchun xavfsiz va toʻsiqsiz muhit yaratish boʻyicha qurilish-taʼmirlash, jihozlash ishlariga yoʻnaltiriladi.

2025-yil 1-yanvardan belgilangan faoliyat turlari boʻyicha litsenziya berishda obyektda shaharsozlik norma va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq nogironligi boʻlgan shaxslarga toʻsiqlarsiz muhit yaratilgani boʻyicha Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining xulosasini olish talab qilinadi.