O‘zbekistonda sentyabr oyi ob-havosi — 2024-yilda nimalarga tayyorgarlik ko‘rish kerak?
O‘zgidrometning o‘rtacha harorat ko‘rsatkichlariga asoslanib, ob-havo ma’lumotlarini jamladik va O‘zbekistonda sentyabr oyi qanday bo‘lishi haqidagi savolga javob berdik
O‘zbekistonda sentyabr oyi ob-havosi odatda o‘zining qulay barqarorligi bilan quvontiradi: jazirama issiq pasayadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi — tashqarida butun dunyodan sayyohlar oqimini jalb etadigan ‘‘baxmal mavsumi’’ hukmronlik qiladi.
O‘zbekistonda sentyabr oyidagi havo harorati va yog‘ingarchilik
O‘zbekistonda sentyabr oyining kunduzi havo harorati +25 dan +30°C gacha o‘zgarib turadi, bu esa ushbu oyni mamlakatning diqqatga sazovor joylarini sayr qilish va ko‘rib chiqish uchun eng qulay oyga aylantiradi.
Toshkentda kunduzi havo harorati +26°C, kechasi +18°C bo‘ladi. Xuddi shunday holat Samarqandda ham kuzatiladi. Eng issiq hududlar O‘zbekistonning janubida: masalan, Buxoroda (+30°C).
Sentyabr oyida tunda havo harorati ham yoqimli bo‘lib, kechki sayr-u sayohatlar yoki ventilyator va konditsionersiz dam olishga imkon yaratadi. O‘rtacha harorat +15 dan +20°C gacha. Bu esa kishini ruhlantiradi.
Sentyabr oyida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi: respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 10 mm ni tashkil etadi. Biroq quyoshli kunlar ham ancha kamayib, bulutli kunlar ko‘payadi, yorug‘ kunlar esa qisqaradi.
Sentyabr oyida O‘zbekistonning qaysi shaharlariga borgan ma’qul?
Sentyabr oyida O‘zbekistonning ko‘plab shaharlarini ziyorat qilish qulay. Ammo sayyohlar ko‘pincha poytaxt Toshkentni, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xivani tanlashadi. Bu davrda shaharlardagi havo harorati joylarni o‘rganish va madaniyat bilan tanishish, shuningdek xarid qilish, kafe va restoranlarning ochiq ayvonlarida vaqt o‘tkazish uchun eng qulay va yoqimli hisoblanadi.
Sentyabr oyida O‘zbekistonga issiq kiyim olib kelish kerakmi?
O‘zbekistonda sentyabr kunlari iliq bo‘lsa-da, kechqurunlari va kechalari ancha salqin bo‘lishi mumkin. Shuning uchun o‘zingiz bilan vetrovka, xudi yoki sviter olishingiz kerak. Ayniqsa, tabiat qo‘yniga yoki tog‘ga borishni rejalashtirgan bo‘lsangiz.
Sentyabr oyida O‘zbekistonga safar - afzalliklari:
Hali ham juda issiq, lekin siz nafas olishingiz mumkin va issiqlik tufayli charchoqdan yiqilib ketmaysiz.
- Qulay havo harorati. Hali ham ancha issiq, ammo jaziramadan holdan toymaslik va nafas olish mumkin.
- Yog‘ingarchilik juda kam. Bu doimo quvonchli hol, chunki soyabon va yomg‘irpо’sh olib yurishga hamda binolarda yashirinishga hojat yo‘q.
- Davomli yorqin va quyoshli kunlar. Bular kо’zni va qalbni quvontiradi. Shuningdek, D vitamini tanqisligini tо’ldiradi.
- Boy madaniy dastur: aynan shu davrda ochiq havoda konsertlar va festivallar uyushtiriladi.